Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
Muzrabot tumani hokimi Ismailov Abdurashid Xudayarovichning O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi  
Rahbar chiqishlari / 2023-08-31

Muzrabot tumani hokimi Ismailov Abdurashid Xudayarovichning O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

 

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli tumandoshlar!

 

Avvalambor, Sizlarni va siz orqali barcha xalqimizni tobora yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman !

Bugun mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yurtimizda jumladan, Muzrabot tumanida ham o‘z samarasini bermoqda.

Tumandoshlarimiz o‘z hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarish va yangilanishlardan behad mamnunlik va farzandlari kamolidan baxtiyorlik tuyg‘usi bilan yashamoqda.

Keyingi 6 yil davomida “Yangi O‘zbekiston” degan tushuncha real voqelikka aylanmoqda.

Hozirda tumanimizda erishilayotgan natijalar bo‘yicha so‘z boshlashda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga to‘xtalib o‘tsam.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tadbirkorlarga bugungi kunda keng yo‘l ochib berdi. Ya’ni yurtimizda xalqni rozi qilish, ularning daromad manbalarini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatni yanada jadallashtirish orqali mamlakatimizni yanada rivojlantirish ko‘zda tutulganligi ta’kidlab o‘tildi.

Eng asosiysi, davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatan munosabat o‘zgardi, jamiyatda ularning soni, obro‘si va mavqei kun sayin ortib bormoqda.

Tumanda 2023 yil 1-yarim yillik holatiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan
jami tadbirkorlar soni 1514 tani tashkil etgan bo‘lib,
2022 yilga nisbatan 2 baravarga ya’ni, 112 taga ko‘paydi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 1251 ta loyihaga 22 mlrd 844 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Sanoat korxonalari soni 252 tani tashkil etib, viloyat sanoatida tumanimiz ulushi 1.3 foizdan 4.4 foizga ko‘tarildi.

Tumanni ijtimoiy-infratuzlmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam,

2023 yilning hozirgi davriga kelib tuman bo‘yicha jami 115,0 km (shundan, Sementbeton yo‘llar- 1,8 km, Asfalt yo‘llar- 63 km, Shag‘al yo‘llar- 50,2 km) ichki yo‘llar ta’mirlangan bo‘lib, shundan
PQ-408-sonli qaror bo‘yicha 49,8 km ichki yo‘llar, Dehqonobod mahallasi hududida 5,0 km piyodalar yo‘lagi va aholiga qulaylik yaratish maqsadida 4 dona ko‘priklar qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, yangi dastur bo‘yicha 18,7 km hamda hashar yo‘li orqali 46,5 km ichki yo‘llar  ta’mirlandi.

Ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlanishi bo‘yicha mahallalar kesimida tahlil qilinganda:

- Buyuk ipak yo‘li mahallasida 2,6 km toshlandi.

- Darband mahallasida 2,2 km asfalt 1,45 km tosh yotqizildi.

- Dehqonobod mahallasida 1,4 km tosh yotqizildi.

- Tong yulduzi mahallasida 4,7 km tosh-shag‘al va 1,0 km asfalt yotqizildi.

- Guliston mahallasida 1,3 km asfalt 2,4 km tosh yotqizildi.

- Sopollitepa mahallasida 9,6 km tosh-shag‘al va 0,5 km asfalt yotqizildi.

- Yo‘lchi mahallasida 2,6 km tosh yotqizildi.

- Olmazor mahallasida 0,6 km tosh-shag‘al va 3,7 km asfalt yotqizildi.

- Bog‘i Eram mahallasida 1,7 km tosh-shag‘al va 2,3 km asfalt yotqizildi.

- Mohiyat mahallasida 11,2 km tosh-shag‘al va 2,2 km asfalt yotqizildi.

- Mexnatobod mahallasida 0,6 km tosh yotqizildi.

- Nurli xayot mahallasida 3,4 km tosh yotqizildi.

- Shaffof mahallasida 0,6 km tosh-shag‘al, 0,3 km asfalt va 0,6 km sement-betonlar yotqizildi.

- Yangi diyor mahallasida 0,3 km tosh-shag‘al va 6,0 km asfalt yotqizildi.

- Mexrigiyoh mahallasida 6,1 km asfalt yotqizildi.

- Do‘stlik mahallasida 4,1 km asfalt yotqizildi.

- Navro‘z mahallasida 4,0 km asfalt yotqizildi.

- Alpomish mahallasida 2,9 km asfalt yotqizildi.

- Anorzor mahallasida 1,9 km asfalt yotqizildi.

- Bodomzor mahallasida 4,0 km asfalt yotqizildi.

- Yangi hayot mahallasida 1,2 km sement-beton va 0,6 km asfalt yotqizildi.

- Oriyat mahallasida 4,3 km tosh-shag‘al va 2,0 km asfalt yotqizildi.

- Yangi yer mahallasida 10,3 km asfalt yotqizildi.

- Fayziobod mahallasida 2,1 km asfalt yotqizildi.

- At-Termiziy mahallasida 1,1 km asfalt yotqizildi.

- Fayziobod mahallasida 2,1 km asfalt yotqizildi.

- Chegarachi mahallasida 1,0 km asfalt yotqizildi.

- Madaniyat mahallasida 2,4 km asfalt yotqizildi.

- Xalq yo‘li mahallasida 1,2 km asfalt yotqizildi.

- Fidokor mahallasida 1,0 km asfalt yotqizildi.

 Tuman Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapiradigan bo‘lsam.

Elektr ta’minoti yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 42 ta transformator va 113,9 km elektr tarmoqni mukammal  hamda 101 ta transformatorni hamda 261 km elektr tarmog‘ini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.

Amalda 40 ta transformator hamda 109,7 km  tarmoq mukammal ta’mirlanib, 94 ta transformator hamda 188,8 km  elektr tarmog‘i joriy ta’mirlandi.

Bundan tashqari bugungi kunga kelib, Muhtaram Prezidentimizning qarorlari va viloyat hokimining tegishli topshiriqlariga asosan 1012 dona tayan ustunlar, 21 km elektr tarmoqlari va 15 dona tarnsformator punktlari yangidan qurildi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida quyidagi ishlar olib borildi:

Tumanimizda so‘ngi yillar davomida 103,6 km ichimlik suvi tarmoqlari va 8,6 km oqova suv tarmoqlari yangidan qurildi. Buning natijasida 26 ta mahallada yashovchi 124 968 nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishilgan bo‘lsa, aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 50,7 %ni tashkil etmoqda.

Viloyat hokimining tashabbuslari bilan “Shaffof” mahallasida 3,4 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, honadonlarga ulanmoqda.

Bundan tashqari “Nurli hayot” mahallasi hududida 4,3 km ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, mazkur xonadonlarni tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari tumanda boshqa bir qator sohalarda erishilgan ko‘rsatkichlar  bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsam.

Birinchi yarim yillikda 9,0 mln AQSh dollar
(6 oylik rejaga nisbatan 100 foiz) miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Hududiy korxonalar tomonidan 4,8 mln AQSh dollarlik meva-sabzavot va sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,3 foiz ortig‘i bilan bajarildi.

2023 yilgi investitsiya dasturiga asosan qiymati 370 mlrd
360
mln so‘mlik 42 ta istiqbolli loyihalarini amalga oshirish va 401 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilab olinib, avgust oyi holatiga qiymati 52 mlrd 800 mln so‘mlik 17 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 110 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

 

Ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida olib borilgan islohotlar natijasida 2023 yilning o‘zida qo‘shimcha 3 ta davlat hamda 6 ta oilaviy bog‘chalar o‘z ish faoliyatini boshladi. Shu sababli bolalarning bog‘chaga qamrovi 8547 nafar ya’ni 59% dan oshdi.

Investitsiya dasturi asosida joriy 2023 yilda jami 2 ta ya’ni 4 va 6-maktablarda qo‘shimcha bino qurilgan bo‘lsa, 3, 9, 15, 22 va 39-maktablar kapital ta’mirlandi.

 Bugungi kunda 3-maktabga qo‘shimcha 180 - o‘rinli bino qurilmoqda. 36 va     54-maktablarga qo‘shimcha o‘quv binolar, 30 va 36-maktablarda sport zal qurilishi rejalashtirilgan.

2023-2024 o‘quv yiliga maktablarni ta’mirlash va qayta rekonstuksiya qilish uchun byudjetdan ortirilgan mablag‘ xisobidan 12 milliard 500 ming so‘m pul mablag‘lari ajratilib, 100 foiz maktablar ta’mirlandi va yangi o‘quv yiliga tayyor xolatga keltirildi.

2023-2024 o‘quv yilida 11 sinfni tomomlagan 1675 nafar bitiruvchi yoshlarning 58 nafari, 54 ta “oltin”, 4 ta “kumush” medallari bilan taqdirlandilar. Shuningdek bitiruvchi yoshlaring 379 nafari (22,7%) OTM ga o‘qishga qabul qilindi.

Muzrabot tumanida sportning ommaviyligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida sportni keng targ‘ibot va tashviqot etish maqsadida sport turlari bo‘yicha jami joriy yilning shu kunga qadar 72 ta ommaviy sport tadbirlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuqori saviyada tashkil etilib, ushbu tadbirlarda 29 ming 359 nafar ishtirokchilar qatnashdi, Shulardan
1 ming 654 nafarini xotin-qizlarni tashkil etdi.

2023 yilning boshidan shu davrigacha 29 ta medal qo‘lga kiritilgan bo‘lib, jahon chempionatida 14 ta, Shulardan O‘zbekiston chespionatida 15 ta medallarni qo‘lga kiritdik.

9 ta Oltin, 10 ta kumush, 10 ta bronza.

Tumanimizda asosiy e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tashkil etishga qaratildi.

2023 yil davomida fuqarolarimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sog‘ligini yaxshilash maqsadida eng og‘ir mahalla “Fayzabod” mahallasida Oqtoshobod Oilaviy shifokorlik punkti 100 qatnovga mo‘ljallangan, bundan tashqari 6 ta mahallada Mahalla  tibbiyot punktlari tashkil etildi va fuqarolarimiz sog‘ligini tiklashlari uchun foydalanishga topshirildi.

 

Tumanimizda qishloq xo‘jaligi sohasida bir qator yutuqlarga erishildi.

Tumanda G‘allachilikda 2023 yilda 10 ming 700 ga maydonga g‘alla ekilgan bo‘lib, shundan davlatga sotish shartnomaviy reja
33 ming 384  tonna bo‘lib, Amalda 34 ming 184,3 tonna 102.0 foizga bajarilib, tuman g‘allakorlari hisobida bu yil har yilgidanda ko‘p g‘alla hosil olindi va  o‘z ihtiyorlarida qoldirildi.

Tumanda 2023 yil hosili uchun 9200 gektar yer maydonga paxta ekini ekilib, yalpi tonna hosili 31280 tonna, 34 sentnerdan hosildorlik rejalashtirilgan bo‘lib, 210 nafar  fermer xo‘jaligi va klasterlar bilan shartnomalar tuzilib agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi, Hozirgi kunda paxta yig‘im-terim ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, hozirda qizg‘in davom ettirilmoqda.

2023 yil uchun pilla yetishtirish rejasi 142 tonna bo‘lib, amalda  142 tonna reja 100 foizga bajarildi.

Tumanda 22 ta qoramolchilik fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib 2023 yilda 21 ta yangi loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 3 ta loyiha ishga tushurilib, 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi va 47 ta yangi qoramollar olib kelindi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan tumanda chorvachilikni rivojlantirish uchun 2 ta chorvachilik klasteri tashkil etish maqsadida  tumanga 3 ming yangi qora mol obkelish va yiliga  600 tonna go‘sht va 6 ming tonna sut ishlab chiqarish, yiliga 200 tonna go‘sht va 4500 tonna sut qayta ishlash va 450 ta yangi ish o‘rinlar yaratib loyixaning umumiy qiymati 131000 mln so‘mni tashkil etadi.

2023 yilda 178 km zavrlar qazilishi rejalashtirilgan bo‘lib amalda 51 km qazilib xozirgi kuda 4 ta ekskavator tuman xududlarida qazish ishlarni davom ettirmoqda va ariqlar tozalash rejasi 560km bo‘lib shundan texnika 145 km, qo‘l kuchida.

2023 yilda qishloq xo‘jaligida 17958 ta yang  ish o‘rinlar yaratish rejalashtirilgan bo‘lib amalda 100 % ga bajarildi.

 

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan mahallalarda Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin qizlar faollari shtatlari joriy qilinishi bu mahallalarda ishlarning yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda, Jumladan,  joriy etilgan “Temir daftar”dagi 123 ta oilalarga 209 mln , “Ayollar daftari”dagi 4153 nafar ayollarlarga  2436.4 mln so‘m , “Yoshlar daftari”dagi 980 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash va ijtimoish iqtisoliy masalalarini xal etish maqsadida 1 mlyard 19 mln  turli yordamlar ko‘rsatilishi ta’minlanib, bu boradagi ishlar doimiy davom ettirilmoqda.

Yana bir quvonchli xabar tumanimiz ravnaqiga xissa qo‘shib kelayotgan 2 nafar tumandoshimiz yangi “Amirqul bobo” fermer xo‘jaligi rahbari Qurbonov Alisher Qurbonovich va “At-Termiziy” MFY raisi Nurmahmatov Saidali Mahmatqulovichlar Muhtaram Prezidentiz tomonidan “Shuxrat” medali bilan taqdirlandi.

 

Hurmatli tumandoshlar!

 

Bugun mustaqil Yangi O‘zbekistonda hech kim va hech bir oila e’tibordan chetda qolmaydi.

Hududlar Mahallabay ishlash orqali butkul qamrab olinib, yangi o‘suv nuqtalari - rivojlanish drayverlari ishlab chiqilayotgan bo‘lsa, aholi xonadonlariga borib fuqarobay muammolarini hal qilish ishlari olib borilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bularning barchasi hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda yuz berayotgan beqiyos o‘zgarish va yangilanishlarning, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaldagi samarasidir.

Shunday ekan, oldimizga qo‘yilgan ulkan marralarni hamjihatlikda, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, xalqimiz bugun hayotdan rozi bo‘lib yaxshi yashashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish-bizning sizlar bilan oldimizga qo‘ygan eng asosiy maqsadimizga aylanmog‘i lozim.

 Aziz tumandoshlar!

Yana bir bor sizlarni Vatanimining 32 yillik Istiqlol bayrami bilan chin qalbimdan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?