TERGOV SUDYASI VA UNING VAKOLATLARI
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyundagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil tashkil etildi. Ochiq muloqotda tuman sudi, tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Joriy yining 10 iyun qabul qilingan mazkur Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatida yangi “tergov sudyasi” lavozimi joriy etilishi belgilangan bo‘lib, ular sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish va majburlov choralarini qo‘llash masalasini hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishi belgilandi. Yig‘ilganlarga shu haqida to‘liq tushunchalar berildi.
Shuningdek, Farmonga muvofiq, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi:
– qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;
– qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma;
– pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
– murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
– pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
– tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma;
– telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;
– mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.
– ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
– shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
– ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
– ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
Tergov sudyasi instituti tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu institut, ayniqsa, Fransiyada o‘z tarixiy ildiziga ega bo‘lib, davlat va jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan hamda ishni sudga qadar yuritishda tortishuv prinsipining amal qilishini ta’minlaydigan xolis, mustaqil institut namunasi sifatida namoyon bo‘ldi. Bugungi kunda Belgiya, Gresiya, Iroq, Ispaniya, Niderlandiya va Xorvatiya davlatlarida tergov sudyalari o‘z faoliyatini muvaffaqqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Tergov sudyasi instituti hozirda bir qator sobiq sovet ittifoqi davlatlarida ham, jumladan Litva, Moldaviya, Estoniya, Latviya, Ukraina, Qozog‘iston, Gruziya va Qirg‘izistonda joriy etilgan. Qozog‘iston Respublikasida ham tergov sudyalari 2015 yil 1 yanvardan buyon faoliyat olib bormoqda va bugungi kunda ushbu amaliyot ancha ijobiy natija berganini ta’kidlash lozim.
Shu o‘rinda ayrim xorijiy davlatlarning jinoyat protsessual qonunlarida tergov sudyalariga beriladigan vakolatlarni o‘rganib chiqib, qonunchilikka samarali takliflar berish lozim. Chunki 2025 yil 1 yanvardan Respublikamiz sud-huquq tizimida ushbu institutning joriy etilishini e’tiborga olsak, ijobiy xorijiy amaliyotlarni milliy qonunchilikka joriy etish imkoniyati mavjud.
Huquqshunoslar tomonidan keng jamoatchilik vakillarini qiziqtirgan Farmonga oid barcha savollarga javob berildi.
Ta’kidlandiki, Farmonlarning asosiy maqsadi sudyalar korpusini shakllantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga, sud tizimi tuzilmasini isloh qilishga, surishtiruv va tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilishga va aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
IKROMJON ShAYMANOV,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi raisi
© Muzrabot tumani hokimligi veb-saytlari 2025