Press_tur

Press_tur

Muzrabot tumanidagi 51-umumta’lim maktabida hamda maktabning qo’shimcha binosida tashkil etilgan IT markazda “Muzrabot tuamnida ta’lim sohasida olib borilayotgan yangilanishlar, erishilgan yutuqlar” mavzusida Press tur tashkil etildi.

Tuman hokimi Abdurashid Ismailov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi rahbari S.Hamrayev, ilgʻor pedagoglar, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 

Tuman hokimi A.Ismailov ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ustozlarning jamiyatdagi oʻrni, qadr-qimmatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatiga alohida e’tibor qaratib, ilm oʻrgatish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish ulugʻ fazilat ekanini ta’kidladi.