Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Muzrabot tumanida o‘quv semenari

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Muzrabot tumanida o‘quv semenari

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida aholi punktlardagi turar joylar va bino inshootlar ro‘yxatini tuzish, kadastr agentligi tomonidan tayyorlangan xaritalarini mosligini xatlovdan o‘tkazish, mahalla va qishloq aholi punktlaridagi xonadonlar ro‘yxati va undagi aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida mahallalardan tanlab olingan registratorlarni Davlat statistika qo‘mitasining o‘qitish dasturiga muvofiq bugun Muzrabot tumanida o‘quv seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarda tayyorlangan xaritalardagi uy joylar va bino inshootlarni xatlovdan o‘tkazuvchi registratorlar bilan o‘quv mashg‘uloti hamda joylarga chiqib amaliy tarzda jarayonni birgalikda amalga oshirish ishlari bajarilishi belgilandi.