Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
Muzrabot tuman hokimi Alimov Erkin Jo’raevichning 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayrami tabrigi
Rahbar chiqishlari / 2022-03-08

Muzrabot tuman hokimi Alimov Erkin Jo’raevichning 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayrami tabrigi

Assalomu alaykum!

Muhtarama onaxonlar!

Qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim !

 

Barchamiz orziqib kutgan so’lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko’ngillarimiz yorug’ tuyg’ularga to’lib borayotgan mana shu shukuhli ayyomda sizlarni, sizlar orqali butun tumanimizda istiqomat qilayotgan 74 ming 255 nafar xotin-qizlarini “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.

 

Hurmatli munis onaxonlar hamda opa singillarim !

Haqiqatan ham, siz, azizlarning yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishdagi o’rningiz va ta’siringizni, chidam va sabr-bardosh, oqilalik va shukronalik kabi fazilatlaringizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo’lmaydi. Hech ikkilanmasdan aytmoqchiman: o’zining go’zalligi va fidoyiligi, mehnatkashligi va bag’rikengligi bilan bizning yurtimiz ayollariga teng keladigan ayollar dunyoda kamdan-kam topiladi.

Ayni vaqtda hammamiz yaxshi tushunamizki, xotin-qizlarimiz uchun yanada qulay sharoit yaratish, ularning og’irini yengil qilish, o’z bilim va professional malakasi, iste’dod va salohiyatini amalda namoyon etishiga keng yo’l ochib berish bo’yicha hali ko’p ish qilishimiz kerak.

Shu borada men jondan aziz farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarni hayotga tayyorlash, ularni bolalikdan boshlab zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, madaniyat va sportga oshno etish, urf-odat va marosimlarni davr talablari bilan uyg’unlashtirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishda siz, muhtarama ayollarimizga, sizlarning aql-zakovatingiz, jonkuyarlik fazilatlaringizga tayanaman.

Xushxabarning qanoti bor deyishadi, keni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Farmoniga asosan tumanimizdagi 20-maktab Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Jumaeva Svetlana Petrovna “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu orden Muzrabotlik ayollarimizning fidokorona mehnatlariga berilgan yuksak baho desak mubolag’a bo’lmaydi.

Aziz va qadrli opa-singillar !

Sizlarni bahor elchisi bo’lgan, o’zingizdek go’zal va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo’lsin!

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin!

E’tiborlaringiz uchun raxmat !

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?