Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
Muzrabot tuman hokimi Alimov Erkin Jo’raevichning tuman ahliga Yangi yil bayrami TABRIGI
Rahbar chiqishlari / 2021-12-31

Muzrabot tuman hokimi Alimov Erkin Jo’raevichning tuman ahliga
Yangi yil bayrami TABRIGI

Aziz va muhtaram tumandoshlar!
Betakror diyorimizga yangi – 2022 yil kirib kelmoqda.
Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimiz, butun tumanimiz ahlini yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tilayman.
 Aziz tumandoshlar. Siz, azizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
 Barchangizga sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman!
Ortda qolayotgan 2021 yil mamlakatimiz uchun unutilmas voqealarga to’la bo’ldi. Turli qiyinchilik va sinovlarni ham boshimizdan kechirdik.

Shuningdek, biz ayni daqiqalarda intiqib kutayotgan 2022 yil tumanimiz, viloyatimiz, jonajon yurtimiz uchun yaxshiliklar yili bo’lib kelsin!
Aziz tumandoshlar!
 Yangi yil har bir oilaga, har bir xonadonga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin!
Barcha ezgu maqsadlarimiz ro’yobga chiqsin!
 Yangi yil barchamizga muborak bo’lsin!

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?