Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
"Ochiq Budjet" portali bo'yicha ochiq seminar bo'lib o'tdi.

"Ochiq Budjet" portali bo'yicha ochiq seminar bo'lib o'tdi.

Muzrabot tumanida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Saydulla Berdishukurovich Abduraimov, viloyat Moliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Choriyev Ulugʻbek Shavkatovich hamda tumandagi mutassaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Ochiq Budjet” portalining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son Qarori va “Ochiq Budjet” portalining mazmun-mohiyati hamda aholi tomonidan bildiriladigan takliflar va tavsiyalar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Bugungi kunda, Muzrabot tumanida Jamoatchilik fikri asosida qurilish ishlarini amalga oshirish "Open budget" tizimi orqali qilingan ishlar

  1. Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini to‘siq devor bilan o‘rash uchun 350,0 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.
  2. Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sport zalni ta’mirlash uchun 800,0 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.
  3. Tumanning Oriyat mahallasi hududidagi 820 metr ichki yo‘llarga asfalt yotqizish uchun 200,0 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.

"Open budget" tizimi orqali jami 1350,0 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?