Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
Navbatdagi ochiq muloqot oʼtkazildi.
Ochiq ma'limotlar / 2022-04-19

#Ochiq_muloqot
Navbatdagi ochiq muloqot oʼtkazildi.

Bugun tuman hokimligi Аxborot xizmati rahbari tashabbusi bilan tuman Maktabgacha taʼlim boʼlimi mudirasi Lobar Jumaqulova ishtirokida “Tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi tomonidan olib borilayotgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot boʼlib oʼtdi. Unda tumandagi jurnalist, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari qatnashishdi.


Yosh avlodlar taʼlim-tarbiyasini yuksaltirish maqsadida Yurtimizda keng koʼlamli tadbirlar, xususan, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, bolalarni intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari belgilangan.

Shu bois, tumanimizda ham ulkan ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda 17 davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 6 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼli tashkiloti va 108 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Tumanimizning 3-7 yoshli bolalar soni 13 274 nafarni tashkil etadi.

Shundan, 7193 nafar 3-7 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanmoqda.    

    

2 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?
A'lo
100%
Yaxshi
86%
Qoniqarli
82%
Qoniqarsiz
92%
Jami: 666 ovoz berildi.