Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
Badminton

Bu chiroyli o‘yin ancha yil ilgari vujudga kelgan va uni fransuzcha «volan» (ya’ni «uchadigan») deb atashgan. Ammo bu o‘yin Yevropaga Sharqdan o‘tgan.

 

Bu chiroyli o‘yin ancha yil ilgari vujudga kelgan va uni fransuzcha «volan» (ya’ni «uchadigan») deb atashgan. Ammo bu o‘yin Yevropaga Sharqdan o‘tgan. Uni o‘tgan asrda Hindistondan ingliz gersogi olib kelgan. Gersogning yeri Badminton shahriga yaqin joyda bo‘lgan. Bu o‘yinni mana shu shahar nomi bilan ataydigan bo‘ldilar.

 

Badminton o‘yini tennisga o‘xshash. U tekis va qattiq maydonchada o‘ynaladi.

 

Badminton raketkasi vazni tennis raketkasi vazniga qaraganda 2–3 marta yengil. Raqiblarni bir-biridan ajratib turuvchi to‘r 155 santimetr balandlikka tutiladi. Maydoncha hajmi to‘rt kishi o‘ynaydigan o‘yin uchun 13,4x6,1 metr, ikki kishi o‘ynaydigan o‘yin uchun 13,4x5,2 metr bo‘lishi kerak.

 

O‘yin davomida raqiblar raketka bilan volan (patli koptokcha)ni yerga tushirmay to‘rdan oshirib raqib tomoniga qaytaradilar. Ochko (xol)lar soni xuddi voleyboldagidek 15 gacha sanaladi. Ayollar va bolalar 11 ochko (xol)gacha o‘ynaydilar. O‘yin 3 yoki 5 partiya (qur)dan iborat bo‘ladi.

 

Avvallari po‘kakdan tayyorlangan kichkina koptokcha volan o‘rnida ishlatilgan bo‘lib, havoda yaxshi parvoz qilishi uchun uning bosh qismiga g‘ozning 16 ta pati qadab qo‘yilgan. Hozirgi paytda badminton uchun volanlar plastmassadan tayyorlanadi va uning ko‘rinishi kichkina savatcha shaklida bo‘ladi.

 

Yaxshi o‘yinchi volanni urib qaytarganda, uni raqib maydoniga goh sekin tushirishi, goh raqib kutmagan joyga tushirishi mumkin. O‘yin juda shiddatli, keskin va tez o‘tadi. Badmintonni yalanglik, maysazor, cho‘milish joylarida ham o‘ynash mumkin.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?