SAYYOR SUDDA QONUNIYLIK MUSTAHKAMLANDI
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan tumandagi 21-sonli Musiqa va san’at maktabi faollar zalida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sud, insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Muzrabot tuman ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq roiya qilgan hamda o‘zining hulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan jami 10 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Bundan tashqari, ushbu sayyor sud majlisida 1 nafar shaxs sud tomonidan axloq tuzatish ishi jazosini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi uchun o‘talmay qolgan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Sayyor sud majlisida 70 dan ortiq probatsiya hisobida turuvchi shaxslar ishtirok etdi. Tadbir davomida tuman sudi raisi T.Abdiraimov tomonidan yig‘ilganlarga jazoni o‘tash tartib qoidalariga rioya qilish, tartibni buzganlarga jazoning kuchaytirilishi tushuntirildi.
Shuningdek, sayyor sud majlisi yakunida sud raisi tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshiriladigan yangiliklar borasida ma’ruzalar qilindi.
Surxondaryo viloyat sudi Jamoatchilik
va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti
© Muzrabot tumani hokimligi veb-saytlari 2024