NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO’LIB O’TDI
Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.
Bugun Muzrabot tumani hokimligining majlislar zalida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo’lib o’tdi. Siyosiy-ma’rifiy o’quv soatida 4 ta sektor rahbarlarining o’rinbosarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, apparat xodimlari, aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Eslatib o’tamiz, siyosiy ma’rifat soati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
✍️Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati
© Muzrabot tumani hokimligi veb-saytlari 2025