Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
Sessiya ishida muhim masalalar muhokama etildi.

Sessiya ishida muhim masalalar muhokama etildi.

Bugun Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining o’ttiz birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Erkin Alimov boshqarib bordi.

Sessiya ishida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  1. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini bajarilishi yuzasidan tuman hokimining xisoboti to’g’risida.
  2. Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi boshlig’ining aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyati bo’yicha hisoboti to’g’risida.
  3. Bank tizimini isloh qilishni davom ettirish va bank sohasida raqobat muxitini yaratish, aholi va xo’jalik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash, zamomonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish oilaviy tadbirkorlik dasturlarini amalga oshirishni tizimli davom ettirish to’g’risida tumandagi tijorat banklari raxbarlarining hisoboti to’g’risida.
  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining tumandagi ijrosi to’g’risida.
  5. Majburiy ijro byurosi Muzrabot tuman bo’limi boshlig’ining faoliyati bo’yicha olti oylik xisoboti to’g’risida.
  6. Muzrabot tumanidagi umumta’lim maktablarida “vakant” bo’lgan direktor lavozimiga nomzodlarni tanlab olish va tavsiya etish to’g’risida.
  7. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzuridagi “Nuroniylar” jamoatchilik nazorati kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida.

 Tuman hokimining qaror va farmoyishlarini tasdiqlash to’g’risida.

Sessiya yakuni bo’yicha, ko’rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?
A'lo
100%
Yaxshi
86%
Qoniqarli
82%
Qoniqarsiz
93%
Jami: 668 ovoz berildi.