Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Muzrabot tumani hokimligi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. 

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. 

Sessiya ishida quyidagi masalalar muhokama etildi:

  1. 6-chaqiriq Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga bo’shab qolgan o’ringa o’tkazilgan saylov natijasi haqida.
  2. Muzrabot tumani 2022 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to’g’risida.
  3. Yetim va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ijtimoiy moslashuvi uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlar haqida
  4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 13 iyuldagi KQ-105-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erta turmush va erta tug’ruq holatlari hamda ajrimlar bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish bo’yicha 2020-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ning ijrosi bo’yicha

5.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4464-son qarorining tumandagi ijrosi haqida.

  1. Tumanda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko’mir bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida
  2. Tumanda jamoat transportini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosi
  3. Tumanda Paxta va G’allachilikni rivojlantirish uchun klasterlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarxisobi bo’yicha
  4. Tumanda Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi haqida
  5. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlarining faoliyatini rivojlantirish bo’yicha.
  6. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyalarining 2022 yilga mo’ljallangan ish rejasini tasdiqlash to’g’risida.
  7. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2022 yilga mo’ljallangan ish rejasini tasdiqlash to’g’risida
  8. Muzrabot tumani hokimligi xodimlarining faoliyatini rivojlantirish bo’yicha.

 

Sessiya yakuni bo’yicha, ko’rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati

 

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?