Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Музработ тумани ҳокимлиги
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.v.b Najmiddin Nazarovning avgust oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.v.b Najmiddin Nazarovning avgust oyi yakuni bo‘yicha hisoboti


Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi!

Bugun davlat soliq organlari xodimlari o‘z faoliyatini mazkur tamoyil asosida yo‘lga qo‘yib, soliq to‘lovchilarning eng yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkoriga aylanmoqda. 

         Xususan joriy yilning avgust oyida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 358 ta tadbirkorlik subyektining 410 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 320 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

         Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 5 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.

         Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 35 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu fuqarolarning 35 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari pirovardida avgust oyida 190 ta korxonadagi 424 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati legallashtirildi.

      Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

         Jumladan, tumanda 679 nafar subyektning tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘payib, jami tovar aylanmasi o‘sishi 132,1 foizni tashkil etmoqda.

         Ahamiyatlisi, 2022-yilning avgust oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 23 774,3 mln so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 25 030,2 mln so‘m ortig‘i bilan bajarilib. (Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,4 foizga ko‘pdir.) reja 105,2 foizga bajarilib byudjetga 1 255,9 mln.so'm qo'shimcha mablag' tushirildi.

 

Muzrabot tumanida 2022-yilning 3-choragi uchun byudjet tushumlari bo'yicha 12 326,0 mln.so'm reja belgilangan bo'lib, mazkur rejani 13 439,3 mln.so'mga,  ya'ni 1 113,3 mln.so'mga oshirgan holda bajarishni o'z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Bu quyidagi yo'nalishlardan tushirilishi ta'minlanadi.

Xususan,

  1. Joriy tushumlar hisobiga - 5 053,4 mln.so'm;
  2. Ishlamayotgan 10 ta korхona faoliyatini tiklash va past quvvatda ishlayotgan (tushumi kamaygan) 2 ta korхona quvvatini oshirish hisobiga - 16,3 mln.so'm;
  3. Qishloq хo'jaligi, sanoat va хizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish, shu jumladan 2 ta yangi loyihalarni (4,3 mlrd.so'mlik, 38 ta yangi ish o'rni) ishga tushirish va yangi korхonalar tashkil etish hisobiga - 60,0 mln.so'm;
  4. “Xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartish hamda soliq qarzini kamaytirish hisobiga - 84,2 mln.so'm;
  5. 84 ta paхta-g'alladan tashqari fermer хo'jaliklari tomonidan 232,4 gektar yer maydonida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini oprobatsiya qilish, fermer хo'jaliklarining daromadini hisobga olish orqali- 60,0 mln.so'm aylanma soliq;
  6. 41 ta yangi kichik biznes subyektlarini tashkil etish yoki faoliyatini tiklash hisobiga - 10,0 mln.so'm;
  7. Soliq imtiyozlarini bekor qilish hisobiga - 48,0 mln.so'm;
  8. Yangi onlayn nazorat-kassa mashinasi o'rnatish va aylanma mablag'larning ortishi hisobiga - 391,0 mln.so'm.
  9. Soliq qarzi hisobidan - 750,5 mln.so'm undirilishi ta'minlanadi.

Muzrabot tumaniga 2022-yil uchun byudjet tushumlari bo'yicha 49 892,0 mln.so'm reja belgilangan bo'lib, mazkur reja bajarilishini ta'minlaymiz.

Soliq qarzdorligini qisqartirish borasida olib borilgan izchil ishlar natijasida 92 ta korxona tomonidan umumiy miqdorda 481.5 mln so‘mlik soliq qarzdorligi to‘lab berildi.

Yurtboshimizning “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 10 taga oshirilishi norasmiy bandlikni kamaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda viloyatimizda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 7123 nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, DSIga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan 496 ta murojaat batafsil o‘rganilib, ularning 45 tasi ijobiy hal etildi, 43 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilib, 2 ta murojaatlar tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Ta’kidlash joizki, “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida olib borayotgan ishlarimiz yanada izchillik kasb etadi. Zero, biz soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori va eng yaqin ko‘makchisimiz!

 

Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.v.b: Najmiddin Nazarov

1 изоҳ

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?