Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Музработ тумани ҳокимлиги
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Surxondaryo viloyati Muzrabot tuman bo’limi boshlig’ining yig’ilish B A Y O N I

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan  tashqari Pensiya jamg’armasi Surxondaryo viloyati Muzrabot tuman bo’limi boshlig’ining yig’ilish

B A Y O N I

2022 yil  21 iyul                                                                       Xalqobod qo’rg’oni

Majlis raisi:

F.Umurqulov - Pensiya jamg’armasining Muzrabot tuman bo’limi  boshlig’i.

Qatnashganlar:

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi  R.Sadatov

Muzrabot tuman pensiya jamg’armasi  xodimlari.

K U N  T A R T I B I :

 

  1. O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida"gi O’RQ-419-sonli qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-sonli farmoni ijrosi yuzasidan xududlarda yo’l qo’yilgan kamchiliklar to’g’risida.
  2. O’zbekistan Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparatining 2020 yil 13 yanvardagi 02 a-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi buyrug’i ijrosi to’risida.

 

Yigilish raisi F.Umurqulov kirish so’zi bilan ochib ushbu yigilishda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi R.Sadatov qatnashayotganligini bildirib so’z navbatini department xodimi R.Sadatovga berildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi R.Sadatov o’z so’zida "Korrupsiya va ta’magirlik jamiyat taraqqiyotiga tahdid soluvchi achinarli illat" mavzusida quyidagilarni bayon qildi.

Hurmatli yig’ilish qatnashchilari, korruptsiya uchi bu nima? — shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarinn yoxud o’zga shaxslariiig manfaatlarinn ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga g’ilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga g’ilof ravishda taqdim etish;

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlikchi?—korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish ekanligini har daqiqada esdan chiqarmasligimiz lozim bo’ladi.

O’zbekistan Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to’risida"gi O’RQ-419-sonli qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil  27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-sonli farmoni mazmun mohiyatini tushuntirish va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan targ’ibot va tashviqot ishlari amalga oshirish to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Jumdalan bugungi kunda Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda maqullangan hamda 2017 yil 3 yanvarda O’RQ- 419-son bilan ro’yxatdan o’tgan O’zbekistan Respublikasi "Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida'"gi qonunining mazmun mohiyati, shuningdek kasb etikasi va lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarish davr talabi bo’lib turgani hamda davlat siyosati miqyosida dolzarb masala ekanligini, shuning uchun endilikda iqdisodiy sohaning barcha tarmoqlarida poraxo’rlikka qarshi kurashish, korrupsiyaga qarshi kurashish bizning asosiy maqsadimiz ekanligini Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida ko’p bora ta’kidlab o’tganligini bildirdi.

Xususan, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun 6-bob va 34-moddadan iborat bo’lib, bunda qonunnnng asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi kishilar hamda tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish lozimligi, javobgarlik muqarrarligi to’g’risida ta’kidladi va shu bilan ma’ruzachi o’ so’zini yakunladi.

Hurmatli hamkasblar, hammamiz juda yaxshi bilamizki, bizning tashkilotimiz, aholining keksa yoshdagi fuqarolariga, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga hamda nogiron fuqarolarga xizmat ko’rsatadi. Shunday ekan, o’zimizga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishimiz, fuqarolarni sarson qilmasdan, qilingan murojaatlarni amaldagi qonunlarga asosan ijrosini tag’minlashga qattiq rioya qilishimiz kerak.

Hurmatli hamkasblar, O’zbekiston respublikasining jinoyat kodeksining 201-moddasida “Pora olish”, 211-moddasida “Pora berish”, 212-moddasida “Pora olish-berishda vositachilik qilish”, 213-moddasida “Xizmatchini pora evaziga og’dirish” kabi jinoyatlarni sodir etgan fuqarolarga jazo choralari ko’rilishi qat’iy qilib belgilab qo’yilgan. Shundan ekan har-bir noqonuniy hatti-harakatlarimiz tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qattiq nazoratga olinganligi to’g’risida yana bir marotaba ogohlantirmoqchiman. Axir har kuni ommaviy axborot vositalari, televideniyagi korrupsiyaga oid ko’rsatuvlardan ham barcha xodimlar tegishli xulosa chiqarishlari kerak.

Hurmatli hamkasblar, shunday ekan, barchalaringizni o’z vazifangizni sidqidildan bajarib, xizmatimiz uchun berilayotgan oylik ish haqlarimizni oilamiz, farzandlarimiz va yaxshi kunlarimiz uchun sarflab qonuniy ishlashimiz kerak deb ta’kidlab o’tdi.

. Yig’ilish qatnashchilariga, Respublikamizda “Korrusiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari belgilab berilganligi haqida so’zlandi. Bular:

Qonuniylik;

Fuqarolarning huquqlari;

Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

Ochiqlik va shaffoflik;

Tizimlilik;

Davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

Javobgarlikning mukarrarligi;

Bizning korrupsiyaga qarshi yuritadigan siyosatimiz huqubuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish korruptsiyaga oid huqubuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishimiz zarurligini bildirdi.

Shu bilan birgalikda har bir xodim uz ish faoliyatida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ogohlantirib o’tildi. Shuningdek ma’ruzachi tomonidan korrupsiya va ta’magirlik bo’yicha belgilangan javobgarliklar bo’yicha ham to’xtalib o’tdi.

Yig’ilish qatnashchilari kun tartibidagi masalalar va ma’ruzadan tegishli xulosa chiqarganliklari va o’zlariga kun tartibidagi masala yuzasidan yetarli xulosa chiqarganligini bildirib, savollar yo’qligini aytib o’tdi.

Kun tartibidagi masalalardan kelib chiqib, majlis

 

Q A R O R  Q I L A D I:

 

  1. Yig’ilishda ishtirok etgan byudjetdan tashqari Pensiya jamғarmasi Muzrabot tuman bo’limi xodimlari kun tartibidagi masalalar bo’yicha o’ziga tegishli xulosa chiqarib olib, qonun ustuvorligi, har bir qilingan xato uchun ja’zo muqarrarligi to’g’risida yana bir marotaba ogohlantirilsin.
  2. Muzrabot tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’iga:

2.1. Kun tartibidagi masalalar bo’yicha uch kun muddatda barcha xodimlar ishtirokida yig’ilishlar tashkil etib, Pensiya jamg’armasiga murojaat bilan kelayotgan fuqarolarni xushmuomilalik bilan kutib olishlari, ularning murojaatlarini qisqa muddatda qonuniy hal qilish chorasini ko’rishlari, muomila madaniyatiga qattiq e’tibor qaratishlari, ta’magirlik holatiga yo’l qo’ymasliklari bo’yicha yana bir marotaba ogohlantirilsin.

  1. Ushbu bayonning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Majlis bayonini yozib bordi:  G.Raimova.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?
Аъло
100%
Яхши
86%
Қониқарли
82%
Қониқарсиз
93%
Жами: 668 овоз берилди.